“Gazeta.uz” muxbiri Toshkent shahridagi ayrim zapravkalarda bo‘lib, yoqilg‘i quyish uchun navbat kutayotgan haydovchilar fikriga qiziqdi. Ularning aksariyati tonggi soat 04:00−05:00 da shoxobchaga kelib, navbatda turayotgani, bu holat 3−4 kundan buyon davom etayotganini qayd etdi.
Termiz shahri va Termiz tumanida joylashgan avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalariga gaz yetkazib berish vaqtincha to‘xtatildi. Bunga gaz quvurida o‘rnatilgan gaz bosimini nazorat qiluvchi qurilmadagi nosozlik sabab ekani ma’lum qilindi.
Sirdaryo viloyatida tabiiy gazni talon-toroj qilgan 2 ta AGTKSH aniqlandi. Ularning biri 20,5 mlrd so‘mlik 8,2 mln kub metr, ikkinchisi esa 7,9 mlrd so‘mlik 3 mln kub metr tabiiy gazni talon-toroj qilgani aytilmoqda.
O‘zbekistonning ayrim hududlarida 1-aprel kuni AGTKSHlarda metan 3800 so‘mdan sotildi, bu belgilangan chegara, ya’ni 3350 so‘mdan yuqori. Energetika vazirligi iste’molchilar shoxobchaga chek bilan qaytib, ortiqcha to‘langan summani qaytarishni talab qilish huquqiga ega ekanini ma’lum qildi.
O‘zbekistonda 16−18-fevral kunlari havo haroratining keskin pasayishi sabab AGTKSHlar ish grafigiga o‘zgartirishlar kiritilishi mumkin. “Hududgazta’minot” haydovchilardan avtomobillarni yonilg‘i bilan to‘ldirib olishni so‘radi.
Dang‘ara tumanidagi avtomobillarga gaz to‘ldirish shoxobchasida uch nafar shaxs o‘zaro janjallashgan. Janjal vaqti faol qarshilik ko‘rsatilgani sabab ularni ajratmoqchi bo‘lgan yigit hushini yo‘qotgan. U shifoxonaga olib borilayotgan vaqtida vafot etgan.
Energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudovning aytishicha, vazirlik O‘zbekistondagi gaz “zapravka”larini yopmagan, faqat ish vaqtini cheklagan. Avvalroq 630 dan ortiq gaz to‘ldirish shoxobchalari sovuq havo tufayli o‘z faoliyatini to‘xtatgani xabar qilingan edi.
Andijon va Qoraqalpog‘iston ortidan Surxondaryo ham metan gaz quyish shoxobchalari ish vaqtiga cheklov kiritildi. Viloyatdagi AGTKSHlar 2023-yil 7-dekabrdan boshlab soat 8:00 dan 17:00 gacha ishlaydi.
Tadbirkorlar uchun gaz tariflari oshirilgani ortidan 1-oktabrdan AGTKSHlarda bir kubometr gaz narxi 2700−2800 so‘mdan 3100−3250 so‘mga (maksimal narx) ko‘tarildi. Ma’lum qilinishicha, prokuratura shoxobchalar rahbarlarini narxlarni hukumat belgilab bergan chegaradan oshirmaslik haqida ogohlantirgan.
Nukusdagi metan “zapravka” 19 mingdan ziyod xonadonning bir oylik iste’moliga teng gazdan noqonuniy foydalanib, 3,8 mlrd so‘mlik zarar yetkazgani aniqlandi.
Qashqadaryoda 15 ta gaz taqsimlash punkti va stansiyasi salkam 23 mlrd so‘mlik suyultirilgan gazni talon-toroj qilgani aniqlandi. Ular gazni qabul qilish va yetkazishda hukumat qarori talablariga rioya etmagan.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting